Jahon | 15:02 / 01.03.2019
10219
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko: Belarus Rossiya bilan umumiy valuta bo‘lishiga qarshi emas

Foto: Nikolay Petrov/BelTA/TASS

Belarus Rossiya bilan umumiy valuta bo‘lishiga qarshi emas, ammo u na Rossiya, na Belarus rubli bo‘ladi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Biz rozimiz. Albatta, u rubl bo‘ladi, sizlarda ham (Rossiya), bizda ham rubl. Ammo u na Rossiya, na Belarus rubli bo‘ladi. Bu bizning umumiy rublimiz bo‘ladi", - dedi u.

Shu bilan birga Lukashenko emissiya markazining qayerda bo‘lishi muhim emasligini bildirdi.

"U qayerda bo‘lishi muhim emas, mayli, Piterda – Rossiya prezidentining vatani, men sevgan shaharda bo‘laqolsin. O‘sha yerda bo‘lsin", - dedi Lukashenko.

Belarus prezidenti shuningdek, ikki davlat kelgusida ham yaqinlashish yo‘lidan borishi kerakligini ta'kidladi.

Avvalroq Rossiya va Belarus prezidentlari Sochidagi “Shayba” muz arenasida xokkey bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvida bir jamoa safida ishtirok etishgandi

Mavzuga oid