O‘zbekiston | 19:21 / 01.03.2019
10212
2 daqiqa o‘qiladi

"MIFI"ning O‘zbekistondagi filiali qachondan ish boshlaydi?

Foto: Sphti.ru

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab "NIYaU MIFI" ("Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadroviy universiteti)ning O‘zbekistondagi filialiga ilk 100 nafar talaba qabul qilinadi. Kun.uz muxbiri o‘quvchilarning mavzuga oid murojaatlari bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib, shu haqida xabar berdi. 

Talabalar to‘rt yo‘nalish bo‘yicha grant asosida (ya'ni, bepul) qabul qilinadi:
1. Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi;
2. Yadroviy fizika va texnologiyalar;
3. Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi;
4. Elektr energetikasi va elektr texnikasi.

Oliy o‘quv yurti filialiga kirish tartib-qoidasining yakuniy varianti 2019 yilning mart oyida tayyorlanadi. Ayni damda qabul shartlari ishlab chiqilmoqda va Moskvadagi "NIYaU MIFI" bosh OTM bilan muvofiqlashtirilmoqda. 

Boshqa shaharlardan keladigan talabalarga yashash uchun yotoqxona taqdim etiladi, ayni damda uning qurilishi ketmoqda. Shuningdek, zamonaviy laboratoriyalarga ega yangi o‘quv binolarining qurilishi ham olib borilmoqda.

Mavzuga oid