Xuan Guaydo Venesuelaga qaytdi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Karakasga qaytganini ma'lum qildi. U bu haqda tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.
"Jonajon yerimizdaman! Venesuela, biz hozirgina migratsiya nazoratini o‘tdik va shahrimizga yo‘l olmoqdamiz”, deb yozgan Guaydo.
Karakasning xalqaro aeroportida Guaydoning kelishini Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va boshqa davlatlar elchilari kutishgan.
Guaydo matbuot vakillari bilan aeroportda qisqacha muloqot qilgach, kichik kortejda aeroportni tark etgan.
Univision telekompaniyasi jurnalisti Guaydo Karakasga Panamadan Sora aviakompaniyasi reysi bilan kelganinini ma'lum qilgan.
Avvalroq Venesuela oliy sudi Guaydoga mamlakatni tark etishni taqiqlagan, biroq u mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. U 22 fevralda Kolumbiyaning Kukuta shahriga yetib kelgan. Shundan keyin u hafta ichida Kolumbiyadan tashqari, Braziliya, Paragvay, Argentina va Ekvadorga ham tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
23:16 / 19.09.2024
Yevroparlament Maduroni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi
19:59 / 15.09.2024
Venesuela AQShni mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi
14:00 / 09.09.2024
YeI Venesuelada muxolifatni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi
18:15 / 08.09.2024