Sport | 17:14 / 05.03.2019
17991
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» portugaliyalik «yangi Ronaldu» uchun 120 mln yevro to‘lashga tayyor

Foto: AP

«Benfika»ning 19 yoshli yarimhimoyachisi Joau Felish uchun raqobatda «Yuventus» yetakchilik qilmoqda. AS xabariga ko‘ra, xavbek Turin klubining yozgi transfer maqsadlari ro‘yxatida eng yuqori o‘rinlarda turibdi.

Qayd etilishicha, «Yuve» Felish uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan miqdor – 120 mln yevroni to‘lashga tayyor. «Byankoneri» sport direktori Fabio Paratichi bu haqda «Benfika»ga ma'lum qilib ulgurgan. Tomonlarning uchrashuvida futbolchining agenti Jorjye Mendesh ham qatnashgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Joauga «Manchester Yunayted», «Barselona», «Real» va «Atletiko» kabi klublar ham befarq qarashmayapti. Ammo endilikda «Yuventus» bu raqobatda yetakchiga aylangan.

Hujumkor yarimhimoyachi bu yil «Benfika» asosiy jamoasida debyut mavsumini o‘tkazmoqda. U Portugaliya chempionatining 16ta o‘yinida maydonga tushib, 13ta golda (9+4) bevosita ishtirok etdi.

Mavzuga oid