«Bavariya» Lyovdan norozi bo‘ldi
«Bavariya» klubi Yoaxim Lyovning Germaniya terma jamoasiga Jyerom Boateng, Mats Hummels va Tomas Myullerni chaqirmaslik haqidagi qarorini tanqid qildi.
«Yoaxim Lyov futbolchilarimiz Tomas Myuller, Jyerom Boateng va Mats Hummelsni Germaniya terma jamoasiga boshqa chaqirmaslik haqidagi qarorini e'lon qildi. Uning ishiga aralashmoqchi emasmiz.
Biroq, bu qarorning e'lon qilinish vaqti to‘g‘ri tanlanmaganini ta'kidlaymiz. Germaniya terma jamoasi so‘nggi o‘yinni 2018 yil noyabr oyida o‘tkazdi. Bu qaror esa oradan 3,5 oy o‘tgach e'lon qilindi.
Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi muhim o‘yindan oldin bu qarorning e'lon qilinishi bizni hayron qoldirdi.
Tomas Myuller (100ta o‘yin), Mats Hummels (70) va Jyerom Boateng (76) Germaniya terma jamoasining 2014 yilgi jahon chempionatidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan. «Bavariya» bu futbolchilarning nemis futboli oldidagi xizmatlarini hurmat qiladi va qadrlaydi», - deyiladi bayonotda.