Sport | 04:02 / 07.03.2019
14170
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Portu" qo‘shimcha bo‘limda "Roma"ga gol urib, chorakfinalga chiqdi

Foto: Getty Images

Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yini doirasida navbatdagi bahs o‘tkazildi. 

Ilk o‘yinda 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Portu" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qildi. 

26-daqiqada Soares mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 11 daqiqa o‘tib, de Rossi penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Marega mezbonlarning ikkinchi golini kiritdi va o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarda davom etishini ta'minladi. Mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol 117-daqiqada Tellesning penaltidan unumli foydalanishi orqali kiritildi.

Shu tariqa, "Portu" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, chorakfinalga yo‘l oldi. 

Portu – Roma 3:1

Gollar: 1:0 – 26 Soares, 1:1 – 37, penalti de Rossi, 2:1 – 52 Marega, 3:1 – 117, penalti Telles.
Portu – Kasilyas, Felipe, Telles, Eder Militao (Maksi Pereyra, 103), Pepe, Otavio (Ernani, 94), Errera, Korona (Braimi, 69), Danilu Pereyra, Marega, Soares (Fernando, 78).
Roma – Olsen, Manolas, Jyezus, Kolarov, Markano (Kristante, 76), Dzanolo, Nzonzi, Perotti, de Rossi (Pellegrini, 45; Shik, 96), Karsdorp (Florensi, 55), Djyeko.
Ogohlantirishlar: Dzanolo (15), Errera (18), Danilu Pereyra (45), Karsdorp (55), Pepe (58), Djyeko (58), Pellegrini (81), Florensi (116), Telles (117).

Mavzuga oid