Apple rahbari Tim Kuk Trampning xatosidan keyin tvitterda ismini o‘zgartirdi
Apple rahbari Tim Kuk AQSh prezidenti Donald Tramp yanglish tarzda uni “Tim Epl” deb atagandan keyin Twitter’dagi akkauntidagi ismini o‘zgartirib, familiyasi o‘rniga kompaniya logotipini (tishlangan olma) qo‘ydi.
6 mart kuni Tramp xodimlar siyosati bo‘yicha maslahat kengashi uchrashuvida Kukka mamlakat iqtisodiyotiga ko‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, “Biz buni juda qadrlaymiz, Tim Epl”, deb aytgan.
Oq uy saytida joylashtirilgan uchrashuv stenogrammasida Tramp “Tim Epl” deganda Kukning qaysi kompaniyada ishlashini nazarda tutgani, ya'ni “Tim – Apple” deb aytgani ma'lum qilingan.
CNBC’ning yozishicha, bu Trampning kompaniyalar top-menjyerlariga murojaati vaqtida birinchi yanglishishi emas. Jumladan, 2018 yil mayida Tramp Lockheed Martin kompaniyasi direktori Marillin Xyusonni Marillin Lokxid deb atagan. Bundan tashqari, Politico nashri Tramp boshqa davlatlar nomlarini aytishda xatolarga yo‘l qo‘yishiga e'tibor qaratgan.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024