Jahon | 09:27 / 08.03.2019
10820
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar galaktikamizning massasini hisoblab chiqishdi

Foto: Antoni Cladera/Airbnb via AP Images

Yevropa koinot agentligi (YeKA) sayyoramiz, Quyosh tizimi va boshqa yulduzlar joylashgan Somon yo‘li galaktikasining taxminiy massasini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Olimlar ma'lumotlariga ko‘ra, hisoblab chiqilgan massa 1,5 trlnta Quyosh massasiga teng ekan.  

Hisob-kitoblar ESA Gaia teleskopi va Hubble teleskopi yordamida olingan ma'lumotlar asosida amalga oshirilgan. Turli davlatlar astronomlari tomonidan o‘tkazilgan avvalgi hisoblashlar galaktikaning massasi 500 mlrd tadan 3 trlntagacha Quyosh massasiga tengligini ko‘rsatgan. 

YeKA bayonotida ta'kidlanishicha, baholashlardagi bunday farqlar “galaktikada qora materiyaning taqsimlanishini hisoblash usullaridagi farq bilan bog‘langan”. Bu materiyaga galaktika umumiy massasining 90 foizi to‘g‘ri keladi. Qora materiya elektr magnit nurlanish taratmagani va u bilan bevosita ta'sirlashmagani sababli bu uni kuzatishni murakkablashtiradi yoki umuman imkoni yo‘q qiladi.

Sayyoralar massasi galaktikamiz massasining kichkina qismini tashkil qiladi. Shu sababli hisoblashlar galaktikaning spiral diski atrofida undan olisda aylanuvchi zich yulduzlar guruhlari tezligini o‘lchashga asoslangan.

Mavzuga oid