Haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qator hujjatlarni talab qilish taqiqlandi
Hukumat qarori (202-son, 09.03.2019 y.) bilan milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikka qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, guvohnomalarni almashtirishda quyidagilarni talab qilish taqiqlandi:
haydovchining imtihon varaqasi;
milliy guvohnomani bergan YHXB tasdiqnomasi;
tibbiy ma'lumotnoma;
transport vositasini 12 oy boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ya'ni, 2020 yil 31 dekabrgacha milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi guvohnomalarga almashtirish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonigina taqdim etiladi.
Davlat ta'lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, barcha avtomototransport vositalari o‘z turi, vazifasi va boshqarish xususiyatlariga ko‘ra «A», «V», «S», «D», «Ve», «Se» va «DE» toifalarga hamda tramvay va trolleybuslarga bo‘linadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli pozitsiyasida shu toifali transport vositasini boshqarish uchun ruxsat berilgan sana va muddati ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
21:59 / 31.10.2024
Toshkentda «prava» olish uchun imtihon narxi oshgani rad etildi
09:57 / 18.08.2024
Xorazm va Jizzaxda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:40 / 02.07.2024
Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi
21:48 / 04.06.2024