AQShda millionerlar soni Portugaliya aholisi sonidan oshib ketdi
AQShda aktivlari qiymati 1 mln dollardan oshadigan 11,8 mln kishi yashaydi. E'tiborlisi, ularning soni Portugaliya va Shvetsiya kabi davlatlar aholisi sonidan ko‘proqni tashkil qiladi. Bundan Chikagodagi Spectrem Group konsalting kompaniyasi tadqiqoti natijalari darak bermoqda.
Tahlilga ko‘ra, AQShda aktivlari 5-25 mln dollarga baholanganlar soni 3,5 foizga oshib, 1,397 mln kishiga yetgan. Boyligi 25 mln dollardan oshadiganlar soni esa 173 ming kishini tashkil qiladi.
“2018 yilda AQShning badavlat aholisi soni o‘sishi global iqtisodiyot o‘sishi sur'atlari pasaygani va mamlakatdagi mojaroli siyosiy vaziyat sababli sekinlashgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Spectrem Group prezidenti Jorj Uolper.
Uning aytishicha, sekinlashishga qaramay, AQShda jahon moliya inqirozi yuz bergan 2008 yildagidan millionerlar soni 2 barobarga ko‘paygan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024