Jahon | 07:57 / 15.03.2019
7979
2 daqiqa o‘qiladi

“Sog‘liq uchun eng foydali” aeroportlar ma'lum qilindi 

Foto: Shutterstock

Arzon aviachiptalar izlash onlayn-xizmati Netflighs yo‘lovchilar “sog‘lig‘i uchun eng foydali” aeroportlar reytingini tuzdi. “Sog‘lom”  aeroportlar reytingi xizmatning rasmi  saytida e'lon qilingan.  

Buning uchun Netflighs xodimlari 25 ta aeroportni o‘rganib, ularda spa, trenajyor zallari, meditatsiya uchun xonalar, yoga bilan shug‘ullanish studiyalari, hordiq chiqarish hududlari, patio, ibodat uchun xonalar va yugurish yo‘laklari borligiga taqqoslashgan.

Natijada mutaxassislar eng “foydali” aeroport sifatida Frankfurtdagi aeroportni e'tirof etishgan. Ushbu aeroport 23 ball to‘plagan. 2-o‘rinni Amsterdamdagi “Sxipxol” aeroporti, 3-o‘rinni Dubay aeroporti, 4-o‘rinni esa Singapurdagi “Changi” aeroporti egallagan.   

Reytingning yuqori o‘ntaligidan shuningdek Hongkong xalqaro aeroporti, Vankuver aeroporti, Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroport, Tokio, San-Fransisko va Toronto aeroportlari joy olgan.  

2018 yil iyunda AirHelp onlayn-xizmati dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingini tuzgandi. Mutaxassislar bunda uchta omilni hisobga olishgan: xizmat ko‘rsatish sifati, reyslarning o‘z vaqtida taqdim qilinishi va yo‘lovchilar fikri. Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni Dohadagi Hamad aeroporti egallagan. 

Mavzuga oid