Jahon | 00:34 / 16.03.2019
7983
2 daqiqa o‘qiladi

Lion aeroportida robotlarga mashinalarni avtoturargohga qo‘yish ishonib topshirildi (video) 

Fransiyaning Stanley Robotics kompaniyasi Lion aeroportida yo‘lovchilarning parvoz kuni mashinasini avtoturargohga qo‘yib, ularni yo‘lovchi qaytadigan kun qoldirilgan joyiga qaytaruvchi maxsus parkovkachi robotlarni sinovdan o‘tkaza boshladi.

The Verge nashrining yozishicha, tizim quyidagicha ishlaydi: aeroportga o‘z mashinasida kelgan yo‘lovchi mashinasini bosh avtoturargohga kirish joyidagi maxsus garajda qoldiradi. Tizim mobil dastur yordamida mashinaning markasi va modelini aniqlaydi. Shundan keyin garaj yoniga Stan deb nomlangan robot kelib, mashina ostiga yuklovchi platformani kiritib, mashinani ko‘tarib, uni avtoturargohda joylashtiradi. Mashina egasi qaytishidan oldin robot avtomobilni qoldirilgan garajda hozirlaydi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, robotlarni qo‘llash joyni tejashga imkon beradi: robotlar haydovchilarga qaraganda muayyan hududda 1,5 marta ko‘proq mashinani joylashtira oladi. Bu parkovkalash usuli va tizim mashina egasi qachon qaytishini bilishi va shundan foydalanib atoturargohda avtomobillarni ratsional joylashtira olishi evaziga yuz beradi. Kompaniya tomonidan aeroportda qo‘llanayotgan 4 ta robot umumiy hisobda kuniga 200 ta mashinaga xizmat ko‘rsata oladi.   

Bu kompaniya uchun ilk sinov emas: avvalroq kompaniya o‘z robotlarini Dyusseldorf va Parij aeroportlarida sinovdan o‘tkazgan. Biroq Liondagi sinovlar bu yerda tizim uzzukun ishlashi, biroq hozircha bir necha ming mashina qo‘yish joyidan 500 tasinigina qamrab olishi bilan farqlanadi.

Mavzuga oid