Jahon | 11:00 / 17.03.2019
31907
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiya bosh vaziri musulmonlar jamiyati yetakchilari bilan uchrashdi

Foto: Getty Images

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern 16 mart kuni Kraystchyorchdagi musulmonlar jamiyati yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Euronews xabarida keltirilishicha, Ardern xonim bu fojiani migratsiya inqirozi va ekstremistik harakatlar bilan bog‘lashga urinishlarni keskin qoralagan. U Yangi Zelandiyadagi musulmonlarga barcha zarur yordamlar ko‘rsatilishini ma'lum qilgan.

«Mening vazifam - sizning xavfsizligingizni, erkin ibodat qilishingizni, o‘z diningizga erkin e'tiqod qilib, o‘z madaniyatingizni saqlab qolishingizni kafolatlashdir», - degan yangi zelandiyaliklar bosh vaziri.

U Yangi Zelandiyada toqatsizlik va ksenofobiyaga o‘rin yo‘qligini ta'kidlagan.

15 mart kuni Yangi Zelandiyadagi Kraystchyorch shahridagi masjidlardagi ommaviy qotilliklar uyushtirilishi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Qotillik ijrochisi sifatida 28 yoshli Brenton Tarrant qo‘lga olingan.

Tarrant qonuniy ravishda olingan yarim avtomat vintovkalar (5ta qurol) bilan qurollangan bo‘lgan.

Hozirda Yangi Zelandiyada yarim avtomat vintovkalarni qurollarni ro‘yxatga olish talab etilmaydigan eng oddiy litsenziya bilan sotib olish mumkin.

Mahalliy nashrlar ma'lumotlariga ko‘ra, qurol sotiladigan do‘konlardagi qurollarga o‘rta asrlarda musulmon fotihlariga qarshi jang qilgan mashhur yevropalik xristianlarning nomlari yozilgan.

Ayni vaqtda 5 ming kishi terakt qurbonlarining oilalariga yordam uchun tashkil qilingan xayriya fondiga mablag‘ o‘tkazgan.  Fondga 243 ming dollar kelib tushgan.

Kraystcherch shahrida xavfsizlikni ta'minlash uchun yana 120 nafar politsiyachi jalb qilingan.

Jasinda Ardern Kraystchyorch shahridagi masjidlardagi ommaviy qotillikdan so‘ng qurol-yarog‘ tarqatish qoidalari o‘zgartirilishini ma'lum qildi. Hukumat yarim avtomat qurollari savdosini cheklash va uni harbiy uslubdagi qurolga yaqin uslubda o‘zgartirishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqadi. 

Mavzuga oid