Eksklyuziv foto: Ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi formalar
USUR Technical Textile & Investment kompaniyasi Kun.uz’ga ichki ishlar organlari xodimlari uchun tayyorlangan yangi formalar katalogini taqdim etdi.
Kompaniya vakili Oybek Kurbanovning aytishicha, yangi formalar dizayni Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
«2017 yilda O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari uchun yangi ko‘rinishdagi formalar tayyorlash ehtiyoji paydo bo‘ldi. Turkiya prezidentining ushbu mamlakatga tashrifidan keyin, O‘zbekiston bu bo‘yicha loyihada xorijiy hamkor sifatida shu kompaniyani tanlagandi. Kompaniyani ko‘p joylarda bilishadi. Dizaynerlar NASA uchun ham formalar tayyorlaydi», degan Oybek Kurbanov.
Uning qayd etishicha, dizayn ishlab chiqilishida ham milliy, ham xalqaro standartlar hisobga olingan.
Dizaynerlar klassik, ofis uchun, kamuflyaj va dala hududi uchun ishchi formalar (mavsumlar uchun alohida) tayyorlashgan.
Bundan oldinroq Toshkent IIBB matbuot xizmati YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining yangi formasi sinovdan o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
«YHXB yo‘l-patrul xizmatining ikki inspektori chindan ham yangi formada xizmatni o‘tamoqda. Tajriba davomida xizmat kiyimining chidamliligi, kiyganda va harakatlanishda qulayligi tekshirilmoqda», — deyiladi IIBB xabarida.
Xabarda qayd etilishicha, fuqarolar fikrini inobatga olish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, boshqarma aholiga «Yo‘llardagi huquq-tartibot xodimlari shunday ko‘rinishda bo‘lishini istaysizmi?» degan savol bilan murojaat etgan.
Mavzuga oid
11:36 / 04.11.2024
Toshkent shahar IIBB xodimlariga 8 ta BYD va 15 ta Damas berildi
17:40 / 23.09.2024
O‘zgartirilgan hukm va sud zalidan ozodlik – yasama jinoyatda ayblangan ayol ochiqqa chiqdi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:08 / 12.09.2024