Jahon | 00:50 / 18.03.2019
20380
2 daqiqa o‘qiladi

Serbiya prezidenti qarorgohi qamal qilinayotgan vaqtda bamaylixotir shaxmat o‘ynab o‘tirgan  

Foto: twitter.com / Aleksandar Vuchiћ

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich namoyishchilar qarorgohini o‘rab olayotgan vaqtda mudofaa vaziri Neboyshya Stefanovich bilan bamaylixotir shaxmat o‘ynab o‘tirgan. Bu haqda uning o‘zi tvitterda ma'lum qildi.

“Qarorgohda kechki tadbirlar oldidan kichik tanaffus. Serbiyaning mardligi va pokligi zo‘ravonlikni hamisha mag‘lub etadi”, deb yozgan Vuchich tvitterda va shaxmat o‘ynayotgani suratini ilova qilgan.

17 mart kuni minglab namoyishchilar Belgrad ko‘chalariga prezidentning iste'fosini talab qilib chiqishgan. Namoyishchilar davlat televideniyesi binosiga tuxumlar uloqtirishgan, so‘ngra ichkariga bostirib kirishgan. Ko‘p o‘tmay politsiya ularni ko‘chaga chiqargan.

Shundan keyin namoyishchilar Vuchich qarorgohi tomon yo‘l olib, uni o‘ray boshlashgan. Vuchichning aytishicha, namoyishlar ortida oligarxlar Boshko Obradovich, Dragan Jilas va Vuka Yeremich turibdi, ular “mamlakatni talashda davom etish uchun” hokimiyatni qaytarishga urinishmoqda.

Avvalroq Vuchich Serbiya Yevropa sari yo‘nalishda ekanini, biroq shu bilan birga Rossiya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishini aytgan.

Mavzuga oid