Mingbuloq tumani hokimi o‘zgardi
Namangan viloyatida xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda O‘zA.
Sessiyada viloyat hokimining o‘rinbosarlari, hokimlikning guruh va kotibiyati rahbarlari, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari boshliqlari, tegishli viloyat, tuman tashkilotlari mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Ushbu masala yuzasidan viloyat hokimi, senator Xayrullo Bozorov ma'ruza qilgan.
Sessiyada hozirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdiyevni Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining 2019 yil 20 martdagi qarori deputatlar e'tiboriga havola etildi. Deputatlar viloyat hokimining qarorini tasdiqladilar.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024