O‘zbekistonlik sambochilar jahon kubogida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi
Rossiyadagi «Lujniki» sport majmuasida sambo bo‘yicha jahon kubogi bellashuvlari yakunlandi. 22-23 mart kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Turnirning ikkinchi kun dasturida o‘zbekistonlik sambochilar 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Zarnigor O‘rmonova (56 kg), Sherzod Rasulov (62 kg, jangovar sambo), Ne'mat Yoqubov (90 kg, jangovar sambo), Istam Qudratov (74 kg, jangovar sambo), Hakimjon Ismoilov (+100 kg, jangovar sambo) kumush medal qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, Abbos Jalolov (74 kg) va Ikrom Abdukarimov (52 kg, jangovar sambo) bronza medali egasiga aylanishdi.
Birinchi kun bellashuvlarida terma jamoamiz vakillari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan edi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi joriy musobaqada 2 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi va jangovar sambo yo‘nalishida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Mavzuga oid
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024
O‘zbekistonning ShHT budjetidagi ulushi ma’lum bo‘ldi
23:53 / 30.09.2024