O‘zbekiston | 22:20 / 24.03.2019
55038
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga yetib bordi​

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.​

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. 

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara o‘tkazadi.​​

Shuningdek, prezident BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashishi kutilmoqda. 

Tashrif davomida ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi. 

Tashrif yakunida O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida Qo‘shma bayonotni qabul qilish, investitsiyalar, moliya, qayta tiklanadigan energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, bojxona ma'muriyatchiligi, mehnat resurslari, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolash ko‘zda tutilgan. 

Mavzuga oid