Jahon | 21:48 / 27.03.2019
9231
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Qirg‘izistonga beg‘araz moliyaviy yordam sifatida 30 million dollar ajratdi
Rossiya hukumati Qirg‘izistonga beg‘araz moliyaviy yordam sifatida 30 million dollar mablag‘ ajratishga qaror qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi.
«Yaqinda, mart oyida Rossiya hukumati qirg‘izistonliklar iltimosiga ko‘ra Qirg‘iziston davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun beg‘araz moliyaviy yordam sifatida 30 million dollar mablag‘ ajratishga qaror qildi», — dedi Ushakov.
Moliyaviy yordam bilan birgalikda Rossiya kompaniyalari Qirg‘iziston iqtisodiyotiga 1,6 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritadi.
O‘tgan yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonning 240 million dollar miqdoridagi qarzidan kechish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilgandi.
Mavzuga oid
21:12
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
20:07
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini nega o‘zgartirganini tushuntirdi
18:47
AQShdan o‘g‘irlangan va hanuz ishlab chiqarilayotgan «Buxanka»
18:42