Jamiyat | 17:15 / 28.03.2019
3960
7 daqiqa o‘qiladi

O‘zmilliybank: Markazlar mahalliy va xorijiy investorlarning ishonchli yo‘lboshchisiga aylanmoqda

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida O‘zmilliybank mahalliy va xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘idan kelib chiqqan holda, O‘zmilliybank investitsiya faoliyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan o‘z “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdi. 

Belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq, Navro‘z bayramini nishonlash kunlarida O‘zmilliybankning Chilonzor tumanidagi yangilangan ko‘rinishdagi “Sayohat” filialining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Endilikda bu yerda bino butunlay boshqacha dizaynga ega bo‘lib, mijozlar uchun qo‘shimcha barcha qulayliklar yaratilgan. Ular qatorida “yagona darcha”, “universal menejyer” xizmatlari, elektron navbat va boshqalarni ko‘rish mumkin.

Foto: O‘zbekiston milliy banki

Binoning ichki qismi yangi uslubda jihozlangan. Asosiy ranglar – oq, ko‘k va feruza ranglar. Mijozlarni qabul qilish zalida istalgan masala bo‘yicha yordam beruvchi ikki xodim kutib oladi. Filial ikkita xizmat ko‘rsatish zonasiga ajratilgan: o‘ng tomon – jismoniy shaxslar, chap tomon esa – yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, kutish zali ham mavjud. Yana bir qulaylik – barcha xizmat turlarini yagona darchada olish mumkin. Ikkinchi qavatda Investorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi joylashgan. Uning asosiy vazifasi – biznesni boshlash uchun axborot to‘plash, tarkibiy va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga ko‘maklashish orqali Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlari uchun xizmat sifatini tubdan oshirish hisoblanadi.

– “Bizning filialda elektron navbat, resepshn va 24/7 qulay ofislar joriy etilgan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida zonalar yaratilgan. Bundan tashqari, endi universal menejyer xizmati mavjud: mijoz bir menejyerga murojaat qiladi va u bank operatsiyalari bo‘yicha mijozga barcha kerakli ko‘rsatmalarni taqdim etadi”, - deya qayd etdi O‘zmilliybank “Sayohat” filiali boshqaruvchisi Sherdor Mamayusupov.

– “Men besh yildan buyon bankning mijozi hisoblanaman. Bank xodimlari doimo hushmuomala. Qulayliklarga keladigan bo‘lsak, avvallari menga qavatma-qavat yurish qiyinchilik tug‘dirar edi. Hozir barchasi yaqinda va ko‘p vaqt sarflashga hojat yo‘q”, - dedi mazkur filial mijozi Hadicha Qurbonova.

– “Biz O‘zmilliybank xizmatidan 20 yildan beri foydalanib kelamiz. Bank ayniqsa, so‘nggi 3 yil ichida juda yaxshi rivojlanmoqda. Menda hech qachon naqd va plastik karta bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha muammolar bo‘lmagan. Elektron navbat xizmati juda qulay: raqam olib, navbatingiz kelgunicha o‘z ishlaringiz bilan shug‘ullanishingiz mumkin. “Jonli” navbatni kutishga hojat yo‘q. Biz Yevropa standartlari tomon ildam bormoqdamiz va bu juda ajoyib”, - dedi filial mijozi Qahramon Yusupov.

Filial ochilishi bilan bir vaqtning o‘zida O‘zmilliybank qoshida Investorlarni qo‘llab-quvvatlash markazi ham ishga tushdi. O‘zmilliybank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Feruz Yaxyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Markaz o‘z biznesini boshlash va taraqqiy ettirish maqsadidagi barcha tadbirkor va investorlar uchun axborot to‘plash, tarkibiy va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga ko‘maklashish orqali Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sub'yektlari xizmat sifatini tubdan oshirish maqsadida amalga oshiriladi.

Foto: O‘zbekiston milliy banki

Markaz xorijiy investorlar uchun zarur bo‘lgan salohiyatli investitsiya loyihalari haqida ma'lumotlar yig‘adi. Bu davlat mulkining bo‘sh turgan obektlari yoki ishlatilmayotgan yer uchastkalari, imtiyoz va preferensiyalar yoki investorlarga aniq takliflar bo‘lishi mumkin. Markaz hodimlari investorlarga mahalliy hamkorlarni izlab topishda ham ko‘maklashadi. 

O‘zmilliybankning “Sayohat” filiali mahalliy va xorijiy investorlarning eng ulkan biznes loyihalarini amalga oshirishda ishonchli yo‘lboshchisiga aylanishiga shubha yo‘q.

Shuni alohida ta'kidlash kerak-ki, bunday markazlar O‘zmilliybankning barcha hududiy bo‘linmalari tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan chel ellik investorlarni jalb etish bo‘yicha sezilarli hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Masalan, Nukus shahrida yangi markaz faoliyati va imkoniyatlari bilan tanishtirish bo‘yicha Markaziy bank bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar va xorijiy sarmoyadorlar uchun seminar tashkil etildi. Unda qayd etilishicha, yangi markazning faoliyati biznes yuritishning barcha tarmoqlariga tegishli.

Bu viloyatlarning investitsiya imkoniyalari to‘g‘risida ma'lumotlar to‘plash, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish masalasida konsultatsiya berish, biznes-hamkorlarni izlashda va loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida ko‘maklashishini o‘z ichiga oladi. “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha bank mutaxassislari biznes-loyiha ishlab chiqish, loyihani texnik jihatdan asoslash, moliyalashtirish manbalarini aniqlashda yordam berishadi.

– “Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvda bankda mavjud horijiy kredit liniyalari va O‘zmilliybank pul mablag‘larini olish shartlari haqida batafsil maxlumotlar taqdim etildi”, - deydi O‘zmillibank investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi bo‘limi boshlig‘i Abdurashid Sohibnazarov. – “Biz xujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni, taqdim etiladigan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar va tadbirkorlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun markaz tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma'lumot berdik. Uchrashuv davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni ham muhokama qilindi. Ta'kidlash joizki, 2019 yil boshidan boshlab O‘zmilliybank hududiy bo‘linmalari va filiallari tomonidan jami 196 ta investitsiya loyihalari moliyalashtirilgan bo‘lib, ulardan 23 tasi – xorijiy valutada umumiy qiymati 38 mln. AQSh dollaridan ortiqni tashkil etadi”.

Hozirgi vaqtda O‘zmilliybank tadbirkorlik sub'yektlariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Baden-Vyurtemberg Landesbanki, Koreyaning Eksimbanki, Xitoy davlat taraqqiyoti banki, Turkiya Eksimbanki va boshqa xorijiy moliya institutlarining pul-mablag‘ liniyalarini taklif etmoqda. Ushbu mablag‘lar Yevropa Ittifoti, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan texnologik liniyalar, maxsus texnikalar va boshqa mahsulotlarni sotib olish uchun yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.

O‘zmilliybank Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid