Tinimsiz yomg‘ir oqibatida Samarqand ko‘chalarida suv toshqinlari yuzaga keldi - fotolar
Qariyb 16 soatdan beri to‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘irdan so‘ng Samarqand shahrining bir qator ko‘chalariga suv toshgan. Bunga ko‘chalardagi yomg‘ir suvlari oqib ketadigan drenaj ariqlarining intensiv to‘lib qolishi sabab bo‘lgan.
Ayniqsa, shaharning markaziy Registon va Dahbed ko‘chalari chorrahasida transport harakati falaj bo‘lib qolgan.
Shuningdek, Buyuk ipak yo‘li, Afrosiyob, Mahmud Qoshg‘ariy, Mir Said Baraka, Obi Rahmat, Muqumiy, O‘zbekiston, Amir Temur, Konimex, Mo‘liyon-Sochakiy ko‘chalarida ham suv to‘planib qolgan.
Ayni vaqtda Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari obodonlashtirish bo‘limi, yong‘in xavfsizligi bo‘limi va «Suvoqova» korxonasi bilan hamkorlikda tabiiy hodisa oqibatlarini bartaraf etish borasida ishlarni olib borishmoqda.
Bir qator ko‘chalarda transport qatnovi tiklangan. Ayrim ko‘chalarda hanuz tozalash ishlari olib borilmoqda.
Kun.uz muxbiri Samarqand ko‘chalaridan fotoreportaj tayyorladi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
21:11 / 17.09.2024
“Ko‘p narsa moliyalashtirishga bog‘liq” - Toshkentni toshqinlardan qutqarish rejasi tayyorlanmoqda
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024