O‘zbekiston | 21:50 / 04.04.2019
50128
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi hokimlar jiddiy ogohlantirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-chorak yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor chog‘ida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamda poytaxtdagi barcha tumanlar hokimlari jiddiy ogohlantirildi.

Prezident Toshkent shahri hokimi jamoasini budjet tushumlari va eksport ko‘rsatkichlari pastligi uchun jiddiy tanqid qilgan.

Prezidentning qayd etishicha, budjet tushumlari respublika bo‘yicha to‘liq bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobar ko‘p ijro etilgan. Ammo Toshkent shahri umumiy ko‘rsatkichlarga salbiy ta'sir ko‘rsatgan - Toshkent shahrining 11 tumanidan 7tasida jami tushum prognozi bajarilmagan. 

«Agar Toshkent shahri bajarganida edi, ko‘rsatkichlarimiz mutlaqo boshqacha bo‘lardi. Faqat balandparvoz gaplar bilan mana nima bo‘ldi?

515 milliard so‘mga qancha ish qilsa bo‘lardi? Qancha yo‘l qilsa bo‘lardi, qancha suv qilsa bo‘lardi?

Toshkent shahri hokimi va shahardagi tuman hokimlari hisobotga tayyor tursin. Har bir hokim bilan bittama-bitta savol-javob qilaman. Ko‘p narsa Ortiqxo‘jayevning javoblariga bog‘liq bo‘ladi», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Shuningdek, prezident Toshkent shahri soliq boshqarmasi boshlig‘i, shahar prokurori va shahar IIB boshlig‘iga vaziyatni o‘nglash uchun bir oy muhlat bergan.

Mavzuga oid