Darig‘a Nazarboyeva saylovlarda ishtirok etmasligi haqidagi ma'lumotga izoh berdi
Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymasligi haqida OAVda paydo bo‘lgan ma'lumotga izoh berdi. Bu haqda Zakon.kz xabar qilmoqda.
OAVda uning yordamchisi Saula Mustafoyeva tomonidan berilgan xabar tarqaldi. Unda parlament senati spikeri Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Respublikasi prezidenti saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirmayotgani haqida aytiladi.
- Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq mamlakatning istalgan fuqarosi o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin. Siyosiy partiyalar ilgari suriladigan nomzodlar bo‘yicha qaror qabul qiladi, - deya izoh bergan Darig‘a Nazarboyeva tarqalgan ma'lumotga.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, saylovlar natijasi Qozog‘iston xalqiga bog‘liq bo‘lib, hammasi qonun doirasida bo‘lishi kerak.
Biroq, Darig‘a Nazarboyeva partiya unga saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surish bo‘yicha taklif bilan chiqsa, uni qabul qilishi yoki rad etishi masalasiga oydinlik kiritmadi.
Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni iste'foga chiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bo‘lgan Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbariga aylandi. Prezidentning vakolat muddati 2020 yil o‘z yakuniga yetadi. Seshanba kuni To‘qayev respublika prezidenti lavozimi uchun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bo‘lib o‘tishi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
18:40 / 27.12.2024
The Times AZAL samolyoti halokatiga oid yangi tafsilotlarni bayon qildi
17:09 / 27.12.2024
Azerbaijan Airlines Rossiyaning 10 ta shahriga parvozlarni to‘xtatdi
16:36 / 27.12.2024
Ozarboyjon prezidenti ma’muriyati Chechenistonning qurbonlarning oilalariga yordamini rad etdi
14:01 / 27.12.2024