MTS Turkmaniston ustidan Jahon banki xalqaro markaziga da'vo arizasi topshirdi
Rossiyaning eng yirik aloqa operatori MTS Turkmanistonga qarshi Jahon bankining investitsiyaviy bahslarni tartibga solish xalqaro markaziga kengaytirilgan da'vo arizasi topshirdi.
“MTSning ayni vaqtdagi umumiy yo‘qotishlari 1,5 mlrd dollarga baholanmoqda. MTS hakamlik sudida uni qondiruvchi natija va real kompensatsiya olmaguncha o‘z talablarini qat'iyan himoya qilmoqchi”, deyilgan kompaniya xabarida.
MTS 2017 yil sentyabrda Turkmanistonda davlat elektr aloqa kompaniyasi “Turkmantelekom”ning xalqaro, shaharlararo va hududiy aloqa hamda internetga kirish xizmatlaridan uzishdan iborat xatti-harakatlari sababli aloqa xizmatlarini taqdim qilishni to‘xtatishga majburligini ma'lum qilgandi.
2018 yil iyulda Rossiya kompaniyasi investitsiyaviy bahslarni tartibga solish xalqaro markaziga Turkmanistonga qarshi da'vo arizasi bilan murojaat qilgan. O‘shanda da'vo summasi 750 mln dollar miqdorida ko‘rsatilgan edi.
Mavzuga oid
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
17:24 / 15.08.2024
Turkmaniston O‘zbekistondan ba’zi fuqarolarini deportatsiya qilishni so‘radi – OAV
16:03 / 15.08.2024
Turkmanistonda SIM-karta sotish to‘xtatildi. Ular tugab qolgani aytilmoqda
20:55 / 01.08.2024