Sport | 13:00 / 11.04.2019
24888
7 daqiqa o‘qiladi

Messining burni sindi, VAR o‘yinni hal qildi

Chorak finalning «Old Trafford»da kechgan birinchi o‘yinida kataloniyaliklarning minimal ustunligi qayd etildi (1:0).

Chempionlar ligasi. 1/4 final. Birinchi o‘yin 
«Manchester Yunayted» (Angliya) – «Barselona» (Ispaniya) – 0:1 (0:1) 

Gol: Shou, 12 – avtogol. 
«Manchester Yunayted»: de Xea, Yang, Smolling, Lindelef, Shou, Maktominey, Fred, Pogba, Dalot (Lingard, 74), Reshford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsiyal, 68). 
«Barselona»: ter Shtegen, Semedu, Pike, Langle, Jordi Alba, Artur (Serji Roberto, 66), Buskets (Alenya, 90+3), Rakitich, Messi, Suares, Koutinyu (Vidal, 65). 
Ogohlantirishlar: Buskets, 18. Shou, 19. Vidal, 71. Lingard, 76. Smolling, 86. 
Hakam: Rokki (Italiya).
10 aprel. Manchester. «Old Trafford» stadioni.
Javob o‘yini - 16 aprel.

Maradonadan Messigacha
«Barselona» va «Manchester Yunayted»ning xalqaro maydonlardagi uchrashuvlari afsonaviy argentinalik futbolchi Diyego Maradona futbol o‘ynagan davrlarda boshlangan - 1983-84 yilgi mavsumda bu ikki jamoa Kubok egalari kubogi turnirida bahs olib borishgan. Bu qarama-qarshilik boshqa bir argentinalik futbol dahosi Lionel Messi ishtirokida davom etib kelmoqda. O‘tgan asrda Maradona boshchiligidagi jamoa Kubok egalari kubogining chorakfinalida «MYu»ga ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan, Messi boshchiligidagi ko‘k-anorranglilar esa uch yilda ikki marta manchesterliklarni Chempionlar ligasi finalida mag‘lub etgan. 2009 yilda Rimdagi finalda Gvardiola jamoasi o‘zining ilk katta sovrinini yutib olgandi, 2011 yilda «Uembli»dagi finalga kelib bu jamoa mukammallashib bo‘lgani jahonga ko‘z-ko‘z qilingandi.

Londondagi o‘sha oqshomdan keyin bu jamoalarning yo‘llari kesishmadi - Manchesterdagi birinchi o‘yin 8 yildan keyingi dastlabkisi edi. Ko‘k-anorranglilar yana bir marta «Orzular teatri»ni zabt etish orzusiga erishish uchun maydonga chiqishdi: «Barsa» shu vaqtgacha «MYu» stadionidan g‘alaba bilan qaytmagandi (+0=2-2, to‘plar nisbati 5-9).

«Barselona»ning faolligi
Sulsher bu o‘yinga ideal tarkibni tushira olmasdi -  Valensiya, Darmian, Bayi, Errera va Mata jarohatlar tufayli jamoaga yordam bera olmasdi.
Mehmonlar o‘tgan yil chorak finalida «Roma»ga qarshi muvaffaqiyatsizlikni yoddan chiqarmagan holda (o‘shanda jamoa o‘z uyidagi birinchi o‘yinda 4:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishib, javob o‘yinida 0:3 hisobida yutqazib qo‘ygan va chorak finalda qolib ketgandi), darhol o‘yinni o‘z qo‘liga oldi. Koutino-Alba bog‘lami o‘yinning ilk daqiqalaridanoq faol harakatqildi, Buskets esa maydon markazini nazorat qila boshladi, u to‘p uchun keskin kurashlarga qo‘shilib, 5-daqiqadayoq sariqqa tortadigan fol ishlatdi va hakam uni birinchi safar kechirdi. Reshford esa bu foldan keyin belgilangan jarima zarbasini golga aylantirishiga bir baxya qoldi.

Suaresning golmas goli
«Old Trafford»dagi o‘yinda Suares YeChLning safar o‘yinlaridagi golsiz seriyasiga barham berishga yaqin keldi: «Barselona» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘lgan bu hujumchi (175 gol) 2015 yilning sentyabridan buyon YeChL doirasidagi safar o‘yinlarida «Barselona»ning raqiblari darvozasiga yo‘l topa olmay kelmoqda. Manchesterdagi o‘yinning 12-daqiqasida uning hisobiga gol yozildi, Messi raqib darvozasining uzoq burchagi tomonga to‘pni uzatdi, Suares esa De Xeani dog‘da qoldirdi.

Avvaliga hakam ofsayd qayd etdi, ammo videotakrorni ko‘rib chiqqach golni bekor qildi, lekin gol Lyuk Shouga avtogol sifatida yozildi. Suaresning vazifasi yana keyinga surildi, «Barsa» muxlislari esa VAR’ga katta rahmat aytishadi.

Messining to‘xtatilishi

«Barsa» tezkor gol urishga erishdi, «MYu» esa hujumga o‘tib, ochila boshladi - bu vazitda himoyada o‘tirish va ko‘proq ehtiyotkor bo‘lishdan ma'no yo‘q edi. Pogba Busketsni nihoyat kartochka olishga majbur qildi, kataloniyalik tayanch yarimhimoyachi fransiyalik raqibini qo‘l bilan ushlab qoldi, Smolling esa Messiga qarshi qanday turish uchun kuch ishlatdi, u argentinalik futbolchining yuziga zarba berdi, Leoning qoni «Orzular teatri»ga to‘kildi.

Messining qoni Sulsherni qo‘rqita olmadi. Tanaffusga qadar ikki jamoa ham bir-birining darvozasi yaqinida xavfli vaziyatlar yaratib turdi - Koutinoning jarima maydoniga kirmasdan yo‘llagan zarbasini De Xea qaytardi, Dalot ham qarama-qarshi tomondagi darvoza tomon kuchli zarba berdi, ammo biroz xato ketdi.

Imkonlarsiz, dinamikasiz va intrigasiz
Ikkinchi bo‘lim - Chempionlar ligasi tarixidagi eng zerikarli bo‘limlardan bo‘ldi. «Yunayted» «uyoqqa chop, buyoqqa chop, uzat» uslubida o‘ynadi, ammo raqib darvozasi tomon yo‘l topolmadi.

Umuman, jamoalar hujumkor o‘yin ko‘rsatishdi. Yang va Lukaku tomonidan to‘p bilan ta'minlab turilgan Reshford va Pogba Ter Shtegenni hushyor tutib turishdi, ammo germaniyalik darvozabon o‘zining mahoratiga shubha qoldirmadi. Maydonning ikkinchi qismida esa Suares, Alba va Messi De Xeani dambadam tekshirib turishdi, ammo o‘yinning qolgan qismida hisob o‘zgarmay qoldi.

«Barsa» xotirjamlik bilan safardan kerakli hisobdagi g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi. Bu katalonlar uchun «Old Trafford»dagi ilk g‘alabadir.

Lekin bu juftlikda hali barchasi hal bo‘lgani yo‘q. Nimchorak finalda «PSJ» «MYu»ni ikki to‘p farqi bilan mag‘lub etgan, ammo javob o‘yinida barchasi o‘zgarib ketgandi.

Mavzuga oid