Avstraliya Assanjga «maxsus» yordam taqdim etishdan bosh tortdi
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrisonning ma'lum qilishicha, WikiLeaks asoschisi avstraliyalik Julian Assanj mamlakat hukumati tomonidan «maxsus» yordam olmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Assanjga istalgan avstraliyalikka bo‘lgani kabi odatiy konsullik yordami taqdim etiladi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, WikiLeaks asoschisi qonun oldida javob berishi kerak.
Bundan oldin, Ekvadorda Assanjning sherigi ushlangani xabar qilingandi.
Jurnalist, WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj josuslik mojarolari haqidagi o‘ta maxfiy materiallarni e'lon qilib kelgan. 2010 yilda Shvetsiyada uni hibsga olish uchun order berildi. 2012 yilda Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasiga yashirindi va ushbu davlat rahbariyatidan siyosiy boshpana so‘radi. U yetti yil davomida elchixonada yashadi, 2019 yil 11 aprel kuni Ekvador unga boshpana bo‘yicha rad javobi berdi.
Mavzuga oid
23:17 / 10.09.2024
Avstraliyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
21:09 / 02.09.2024
Avstraliyadagi bog‘da yo‘lbars hayvon o‘rgatuvchiga hujum qildi
18:42 / 27.08.2024
Avstraliya xalqaro talabalarni qabul qilishga cheklov kiritadi
19:59 / 26.08.2024