Sport | 16:20 / 12.04.2019
4422
1 daqiqa o‘qiladi
Roberto Firmino - YeChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi
«Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilindi.
Firmino YeChL chorak finali doirasida «Portu»ga qarshi ilk o‘yindagi (2:0) ikkala golda ham ishtirok etgan, bittadan gol va golli assist muallifi bo‘lgandi.
27 yoshli braziliyalik hujumchi bu mavsum YeChLning 9ta o‘yinida qatnashib, 3ta gol urdi. APLda esa 32ta turdagi 18ta golda (12+6) bevosita ishtirok etdi.
Qayd etish kerak, Roberto YeChLda hafta futbolchisi e'tirofi uchun raqobatda «Tottenhem» yarimhimoyachisi Son Hyong Min, «Ayaks» xavbeki Frenki de Yong va «Barselona» himoyachisi Jyerar Pikeni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.