Facebook Tsukerbergni qo‘riqlash uchun xarajatlarni uch yilda to‘rt barobarga oshirdi
2016 yildan boshlab, Facebook kompaniyasi o‘z rahbari Mark Tsukerberg va uning oila a'zolarini qo‘riqlash uchun xarajatlarni to‘rt barobarga oshirdi - 20 million dollargacha. Bu haqda shanba kuni e'lon qilingan hujjatda aytiladi.
Xususan, 2018 yilda Tsukerberg kompaniyadan 22,6 mln dollar miqdorda tovon puli olgan, bu 2017 yil bilan taqqoslaganda ikki barobar ko‘p.
«Uning yillik yakuniy kompensatsiyasi... janob Tsukerbergning yashash joylari va shaxsiy safarlaridagi xavfsizligi bilan bog‘liq xarajatlar (qariyb 10 mln), uning xavfsizlikka har yillik kompensatsiyasi (10 mln) va shaxsiy samolyotdan foydalanishga aloqador bo‘lgan xarajatlardan iborat», - deyiladi hujjatda.
Samolyotga 2,6 million dollar ajratilgan. Qolgani kompaniya rahbari va uning oilasini qo‘riqlashga ketgan. 10 millionlik har yillik kompensatsiyadan soliqlar ham to‘lanishi lozim. Bundan tashqari, Tsukerberg bu summadan to‘liq foydalanishga majbur emas va qoldiq mablag‘ni kelgusi yilga o‘tkazishi mumkin, deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
23:18 / 30.09.2024
Tsukerberg 2030 yilga borib №1 gadjetga aylanadigan qurilma nomini aytdi
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
09:31 / 28.08.2024