YeChL. "Barselona" "MYu"ni yirik hisobda yengib, yarimfinalga chiqdi
Chempionlar ligasi chorakfinal javob o‘yini doirasida navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.
"Barselona" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilib, 3:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
16- va 20- daqiqalarda Messi o‘z hisobiga 2ta gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, 61-daqiqada Koutino jamoasiga yirik hisobdagi g‘alabani keltirdi.
Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv ham kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan edi – 0:1.
Barselona – Manchester Yunayted 3:0
Gollar: 1:0 – 16 Messi, 2:0 – 20 Messi, 3:0 – 61 Koutino.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutino (Dembele, 81), Messi, Suares.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Yang, Djons, Lindelef, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsyal (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).
Ogohlantirish: Suares (77).
Ilk uchrashuv – 1:0
Mavzuga oid
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
14:06 / 08.09.2024