Light | 00:12 / 21.04.2019
34488
3 daqiqa o‘qiladi

Farzandni qanday tarbiyalash kerak?

Bugun farzand tarbiyalash sirlari bilan o‘rtoqlashamiz.

Aytish joizki, agar ota-onalar o‘zlari baxtli bo‘lishmasa, hayotdan minnatdor bo‘lgan bolani tarbiyalay olishmaydi.

Baxt meros bo‘lib o‘tadi.

Foto: Pixabay

Ko‘pchilik ota-onalar muammolar faqat farzandlarida deb, o‘zlarini esa begunoh sanashadi.

Keyin esa bir xil vaziyatda bir-biriga zid ikki xil shaxs shakllanayotganidan nolishadi: biri – muvaffaqiyatli va o‘ziga ishonadigan, boshqasi esa aksincha komplekslarga to‘la, “ichimdagini top” va agressiv. Axir bu kimgadir e'tibor va muhabbat berilmagani, biroq bu faktni nazardan chetda qoldirilganini namoyish etuvchi fakt-ku.

Bolani ovqatlantirish, kiyintirishning o‘zi yetarli emas.

Bu g‘amxo‘rlik xolos, tarbiya emas. Afsuski, ko‘pchilik ota-onalar buni yetarli sanaydilar.

Nima eksang – shuni o‘rasan.

Farzandimiz qariganimizda biz unga bolaligida qanday munosabatda bo‘lsak xuddi shunday munosabat bildiradi.

Maktab ta'limi standart fanlarni o‘rganish bilan cheklanmasligi lozim.

Bolalar nazariyani yodlagandan ko‘ra amaliyotda va katta hayotda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan bilimlarni olishi muhimroq. Masalan, mas'uliyatlilik, qat'iylik, kelisha olish va o‘zgalarning vaqtini qadrlashni o‘rganish.

Foto: Pixabay

Bolaning yomon baho haqidagi kuchli xavotiri ota-onaning bahoga bo‘lgan munosabatinigina aks ettiradi.

Agar ota-onalar bolaning o‘qish, sportdagi muvaffaqiyatsizliklariga xotirjam munosabat bildirsa, bolalar ham xatolarini xuddi shunday qabul qiladi. Ular ham xotirjam, o‘zlariga ishonadi, oson ta'lim olib, muvaffaqiyatli odamga aylanadi.

Bolani xarakteri uchun emas, xatti-harakati uchun jazolash kerak.

Agar farzandingiz siz so‘ragan ishni bajarmasa, ovozingizning boricha baqirib, vaziyatga fojia tusini bermaslik kerak: «Sen kimga o‘xshayapsan?!» Buning o‘rniga bolaga uning aybi nima ekanini tinchgina tushuntirish, planshet yoki kompyuter kabi mukofotidan mahrum etish lozim. Ana shunda bolalar o‘z xatti-harakatlari uchun mas'ul bo‘lishni o‘rganadilar.

Mavzuga oid