Jahon | 08:02 / 24.04.2019
4829
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya sudi sobiq prezident Lula da Silvaning qamoq muddatini qisqartirdi 

Foto: EPA-EFE/Fernando Bizerra

Braziliya oliy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning qamoq mudddatini 12 yil bir oydan 8 yil 10 oy 20 kungacha qisqartirib berdi. 

Globo telekanalining xabar berishicha, Lulaga OAS qurilish kompaniyasidan lyuks toifasidagi kvartirani noqonuniy olganlik uchun tayinlangan jazo qisqartirilgan. Korrupsiya va pul yuvish ayblovlari tasdiqlanib, ular uchun Lulaga mos ravishda 5 yil 6 oy 20 kunlik va 3 yil 4 oylik qamoq muddati tayinlangan.   

Folha de Sao Paulo portalining ta'kidlashicha, sudning qarori nazariy jihatdan Lulaga 2019 yil oxirigacha ozodlikka chiqish imkoniyati bilan yengilroq jazoga da'vogarlik qilishga imkon beradi. 

2018 yil aprelda sobiq prezident Kuritibadagi turmaga yetkazilgan va jazoni o‘tay boshlagan. 

Mavzuga oid