Jamiyat | 17:34 / 28.04.2019
11590
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda Nexia ag‘darilib ketishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

27 aprel kuni Buxoro viloyatining Romitan tumani hududida Xorazm viloyati Xiva tumanida yashagan M.A.boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada haydovchi M.A. jarohat olib voqea joyida, uning yo‘lovchisi, Andijon tumani Kengash mahallasida yashagan X.I. ismli ayol kasalxonada vafot etgan.

Avtomashinada bo‘lgan yana 2 nafar yo‘lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid