Sport | 11:30 / 05.05.2019
13758
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik bokschilar Sankt-Peterburgdagi xalqaro turnirga yo‘l olishdi
Bugun, 5 may kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yo‘l olishdi.
O‘zbekistonlik bokschilar 6-12 may kunlari bo‘lib o‘tadigan an'anaviy «Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi» musobaqasida ishtirok etishadi. Turnirda 4 qit'aning 20dan ziyod mamlakatidan keladigan bokschilar jam bo‘lishadi.
O‘zbekiston terma jamoasining ushbu xalqaro turnirga yo‘l olgan tarkibi:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-60 kg: Otabek Xolmatov
-64 kg: Zoir Jumanazarov
-69 kg: Iqboljon Xoldorov
-75 kg: Fanat Kahramonov
-81 kg: Kozimbek Mardonov
-91 kg: Madiyar Saidraximov
+91 kg: Obidjon Tohirov
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Abduvohid Jalolov
Mavzuga oid
10:17
Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
13:47 / 11.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanovga avtomobil sovg‘a qildi
09:00 / 21.08.2024
Urishqoq boladan olimpiada chempionligigacha - Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev xonadonidan reportaj
18:29 / 16.08.2024