Namangandagi Mingbuloq konidan dastlabki neft qazib olindi
Namangan viloyatidagi Mingbuloq neft konida olib borilayotgan investitsion loyihalar doirasidagi sinash ishlari mobaynida ilk neft qazib olingan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Loyihani amalga oshirayotgan «Mingbuloqneft» MChJ qo‘shma korxonasi «O‘zbekneftgaz» AJ va Xitoyning SNPC milliy neft-gaz korporatsiyasining paritetli boshlanmalarida tuzilgan.
Loyiha O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining energetika hamkorligi sohasidagi eng yirigi hisoblanadi va «Bir makon — bir yo‘l» tarixiy strategiya doirasida amalga oshirilmoqda.
Ekspertlarning fikricha, Mingbuloq koni bir necha sabablarga ko‘ra oddiy emas, deb sanaladi. Konni ishga tushirishda asosiy muammolar quyidagilardir: uning o‘ta chuqurlikda ekanligi (6000 m va undan ham ortiq); yuqori plast bosimlari (115 MPa’dan ortiq), plast haroratlari (168 darajadan ortiq) va boshqa omillar.
Xitoyning SNPC neft kompaniyasi Xitoyning Torim botig‘ida shunday konlar bilan ishlab ko‘rib orttirgan tajribasini Mingbuloq konida ham qo‘llagan.
Mavzuga oid
17:35
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024
Namanganda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
11:35 / 06.11.2024
18 yoshli xavfli retsidivist: Namanganda mashina olib qochgan o‘smir ozodlikdan mahrum qilindi
17:26 / 04.11.2024