Toshkentda harbiy xizmatchilar salomatlik aksiyasida qatnashdi
Bugun, 12 may kuni Mudofaa vazirligi hamda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari ishtirokida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida ommaviy yurish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Salomatlik aksiyasida mingdan ziyod harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari qatnashdi.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollar salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “YeKO” bozori oldidan “Feruza” massivi bo‘ylab o‘tkazildi.
Yurish aksiyasi ishtirokchilariga Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri hamrohlik qildi.
“Finish” chizig‘ida ommaviy tadbir ishtirokchilari uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Mavzuga oid
17:54 / 31.08.2024
Markaziy harbiy okrugda zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash yo‘lga qo‘yildi
21:42 / 20.08.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi «Belgorod», «Bryansk» va «Kursk» qo‘shin guruhlarini tashkil etdi
14:19 / 04.06.2024
O‘zbekistonlik merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
17:25 / 28.05.2024