Tramp Oq uyda iftorlik o‘tkazdi (video)
AQSh prezidenti Donald Tramp 13 may kuni Oq uyda iftorlik o‘tkazdi. Bu haqda Global News nashri xabar berdi.
Iftorlikka asosan bir qator islom davlatlari diplomatik missiyalari rahbarlari taklif etilgan. Jumladan, iftorlikda Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Misr, Turkiya, BAA, Tunis, Iroq, Qatar, Bahrayn, Marokash, Jazoir va Liviya elchilari ishtirok etgan.
Biroq iftorlik AQSh musulmon jamoalari vakillarisiz o‘tgan. Tramp tadbir davomida qisqa nutq so‘zlab, islom olamini muqaddas Ramazon oyi bilan muborakbod etgan.
“Ramazon AQSh va butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas oydir”, deb aytgan AQSh prezidenti.
AQSh yetakchisi 2017 yilda Oq uyda Ramazon oyi yakunlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan har yillik tadbir tashkil etilmagani uchun tanqidga uchragach, qatorasiga ikkinchi yil iftorlik o‘tkazmoqda.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda AQShda 4 mlnga yaqin musulmon yashaydi.
Mavzuga oid
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024
Tramp atrofida aylanayotgan Amerika siyosati: nega bunday bo‘ldi?
14:52 / 16.03.2024
Saharlik va iftorlikda qanday ovqatlanish kerak? – nutritsiolog tavsiyalari
14:15 / 15.03.2024