Jamiyat | 18:01 / 20.05.2019
7367
2 daqiqa o‘qiladi

Mirishkor tumani pilla rejasini bajardi

Joriy «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani pillakorlari 776 quti ipak qurti parvarishlab, belgilangan shartnoma rejasini qulay muddatlarda bajardilar. Xomashyo qabul qilish punktiga rejadagi 60 tonna o‘rniga amalda qariyb 61 tonna yuqori sifatli ipak yetkazib berildi.  

Pilla tayyorlash reja-majburiyatini tumanda birinchi bo‘lib ado etgan «Avazcho‘l», Avtonomov nomli, «Oltin boshoq», «Mirishkor», «Toshkent», R.G‘oyibov nomli, «Pomuq», S.Murodov nomli hamda boshqa massivlardagi fermer xo‘jaliklari jamoalari va oilaviy zvenolar munosib hissa qo‘shishdi. Mazkur massivlar pillakorlari ko‘zlangan hosilni qisqa muddatlarda saranjomlab, belgilangan reja-ko‘rsatkichni oshirib ado etishda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lishdi. 

«Faxriy cho‘pon g‘ururi», «Safar ota, «Toshev Ro‘ziboy Sayfullayevich», «Fayziyev Homid Fayziyevich» hamda «Mamatov Firdavs Dilshotovich» kabi o‘nlab ilg‘or fermer xo‘jaliklari va Uzoqova To‘ycha, Otayeva Farog‘at, Tosheva Gulsum, Egamberdiyeva Ra'no, Do‘stova Gulshod, Xudoynazarova Nazokat, Qo‘chqorova Xurshida, Abdinabiyeva Sayyora  yetakchiligidagi jamoalar har quti pilla urug‘idan 70-80 kilogrammdan oshirib yuqori sifatli hosil ko‘tarishdi.

 

Mavzuga oid