Sport | 15:30 / 20.05.2019
16886
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zil Dolmabahcheda Erdo‘g‘an bilan iftorlik qildi

«Arsenal»ning asli kelib chiqishi turk bo‘lgan germaniyalik yarimhimoyachisi Mesut O‘zil bo‘lajak rafiqasi bilan Dolmabahche saroyida mehmon bo‘lib, Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an bilan iftorlik qildi.

O‘zil o‘tgan yili JCh-2018 oldidan Erdo‘g‘an bilan ko‘rishgan va unga «Arsenal» futbolkasini sovg‘a qilgandi. Anqara va Berlin munosabatlarida taranglik hukm surgan vaqtda ro‘y bergan mazkur voqea Germaniyada keskin tanqidlarga sabab bo‘lgan, oqibatda Mesut milliy jamoadan ketgan edi.

NTV xabariga ko‘ra, Mesut O‘zil Erdo‘g‘anni kelasi oy Istanbulda bo‘lib o‘tadigan to‘yiga taklif etgan.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli xavbek bu mavsum APLning 24ta o‘yinida qatnashib, 5+2 mahsuldorlik natijasini qayd etdi.

Mavzuga oid