O‘zbekiston | 07:53 / 23.05.2019
9986
2 daqiqa o‘qiladi

Binolar va inshootlarni loyihalashda majburiy tartibda ayrim talablar joriy etilmoqda

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda jamoat, ma'muriy, turar joy va sanoat maqsadlaridagi binolar va inshootlarni loyihalashga topshiriqlarni hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish bosqichlarida majburiy tartibda quyidagi talablarni ko‘zda tutishlari belgilanmoqda:

binolarda telekommunikatsiya obektlarini o‘rnatish uchun tegishli maydonlar va infratuzilmalarni, ularga elektr ta'minotini keltirgan holda, ajratilishi;

binolar ichida telefoniya, ma'lumotlar uzatish va Internet tarmoqlari, kabel televideniye va efir televideniyasini jamoaviy qabul qilish tizimlari, shuningdek, “xavfsiz uy” va qo‘riqlash signalizatsiyasi kabellarini o‘tkazish uchun past tokli kabel shaxtalari mavjudligi;

turar joy, jamoat, ma'muriy va sanoat hududlarida telekommunikatsiya liniyalarini yotqizish va telekommunikatsiya obektlarini (telekommunikatsiya shkaflari, antenna minoralari, machtalari va boshqalar) o‘rnatish uchun tegishli yer uchastkalari ajratilishi.

Mavzuga oid