Tabiblar tibbiy ma'lumotga ega bo‘lmasa ham ishlash huquqini oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi 265–I-sonli Qonunining 41-moddasiga (Tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritildi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
«Tibbiy ma'lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar»;
ikkinchi – oltinchi qismlar tegishincha uchinchi – yettinchi qismlar deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
09:59
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024