Jahon | 13:12 / 26.05.2019
13107
1 daqiqa o‘qiladi

Pekinda do‘l samolyot oynasiga shikast yetkazdi

Foto: Getty Images

Xitoyning Guanchjou shahridan Pekin shahriga parvoz qilgan yo‘lovchi samolyotning peshoynasi do‘l oqibatida darz ketdi, samolyot muvaffaqiyatli ravishda qo‘ndi, deb xabar berdi China Southern aviakompaniyasi.

Aviakompaniya xabarida aytilishicha, Guanchjoudan Pekinga uchgan Airbus A380 samolyoti Xitoy poytaxtidagi "Shoudu" aeroportiga qo‘nish chog‘ida do‘l ostida qolgan. Muz bo‘laklari urilishi natijasida samolyot peshoynasi darz ketgan, ammo ekipaj samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirishga erishgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Samolyotga yetgan boshqa shikastlar haqida xabar qilinmagan.

Mavzuga oid