Jahon | 21:07 / 27.05.2019
6491
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriya kansleriga ishonchsizlik votumi e'lon qilindi

Foto: Florian Schroetter / Globallookpress.com

Avstriya parlamenti quyi palatasi kansler Sebastyan Kursga ishonchsizlik votumi e'lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Sotsial-demokratik partiya vakili Andrea Kunslning so‘zlariga ko‘ra, Kurs hukumat inqirozi sharoitida parlament partiyalari bilan muloqot o‘rnata olmagan.

Endi Avstriya prezidenti hukumatni shakllantirish uchun kansler tayinlashi lozim.

21 may kuni tashqi ishlar vaziri Karin Knaysldan tashqari barcha vazirlar Avstriya hukumatini tark etishgandi.

Mavzuga oid