Light | 23:41 / 30.05.2019
21750
4 daqiqa o‘qiladi

Sizni ortga tortuvchi 5 odat

Bu harakatlar odatiy bo‘lib ko‘rinadi, biroq aslida esa hayotdan to‘laqonli zavq olishga xalaqit qiladi.

Foto: Layfxaker

1. Va'dani bajarmaslik

Ko‘pchilik o‘zgalarga bergan so‘zining ustidan chiqadi, biroq o‘zi haqida unutadi. O‘zimizga yugurish, to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘liqni kuzatish, ishni o‘zgartirish va boshqa ko‘plab narsalarni va'da beramiz. Bu fursatda hissiy jihatdan belgilangan maqsadga erishib bo‘lamiz, shuning uchun ham uni eng boshidayoq tashlab qo‘yamiz. Asta-sekin bunga odatlanamiz va aqlimiz ustidan nazoratni yo‘qotamiz.

Bu odatdan xalos bo‘lish uchun o‘zingizni erishgan har bir maqsad, berilgan va'da uchun mukofotlang.

2. Budilnikni o‘zgartirish

Budilnikni o‘chira turib va o‘zingizga yana 10 daqiqa uxlashga ruxsat berib, kunning ilk kurashini qo‘ldan boy berasiz. Shu tariqa ehtimoldagi muvaffaqiyatsizliklar navbatiga o‘zingizni sozlaysiz.

Tushlikkacha uxlash quvvat bermasligi, aksincha undan mosuvo etishini sezgan bo‘lsangiz kerak. Tong – kunning eng unumli vaqti. Uni foydali o‘tkazishga harakat qiling.

3. Uyqudan avval smartfondan foydalanish

Bu odat sog‘ligingizga salbiy ta'sir qiladi. Smartfon ekranidan taraladigan moviy nur uyqu gormoni – melatonin ishlab chiqarilishiga xalaqit qiladi. Bu esa uyqusizlik, ko‘rishdagi muammolar, semizlikka olib kelishi mumkin.

Uyqudan 1-2 soat avval smartfonni olib qo‘ying. Yaxshisi kitob o‘qing: vaqtni bunday o‘tkazish sog‘liq uchun ham, rivojlanishingiz uchun ham foydali bo‘ladi.

O‘ylash – eng murakkab ish; shuning uchun ham juda kam sonli kishilargina o‘ylash bilan mashg‘ul bo‘lishadi.

Genri Ford, tadbirkor va kashfiyotchi

4. O‘tgan ishlar uchun o‘zingizni ayblash

Barchamiz ayrim hollarda o‘tmishni o‘ylab afsuslanamiz. Biroq fikrlash va shaxsiy xatti-harakatlarni tahlil qilishimiz kelajagimizga ta'sir qiladi.

«Mana bunday qilishim kerak edi…» deganimizda o‘zingizni o‘tmishda reja bo‘yicha ketmagan ishlar uchun ayblaysiz. «Mana bunday qilishim mumkin edi» deganda esa qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar uchun o‘zingizni ayblaysiz.

Bu kabi fikrlar yorqin va noreal kelajak suratini chizadi. Buning o‘rniga hayotingizda mavjud yaxshi narsalarga e'tibor qarating. Aynan shu fursatlarda minnatdor bo‘lgan narsalaringiz haqida o‘ylang. «Agar … bo‘lganida» o‘rniga o‘zingizga shunday deng: «Kelasi safar albatta …»

5. Bariga rozilik berish

Doim biror narsani qo‘ldan boy berish, qayergadir ulgurmaslikdan qo‘rqamiz. Shuning uchun ham har qanday imkoniyatga «ha» deymiz, hatto qarorimiz to‘g‘ri ekaniga ishonchimiz komil bo‘lmasa ham.

Albatta, sarguzashtlarga otlanish – ijobiy holat. Bor-yo‘g‘i ustuvorliklarni aniqlash va o‘zga inson uchun emas, aynan siz uchun muhim narsa haqida unutmaslik kerak.

Mohirlik bilan foydalanilsa, hayot uzun.

Seneka, faylasuf

Sizda ham ro‘yxatni to‘ldiradigan biror band bormi? Izohlarda bo‘lishishni unutmang.

Mavzuga oid