Chirchiqda shartli jangarilar hujumini qaytarish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazildi
Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida «Obektda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar hamda terrorchilik va yong‘in sodir bo‘lganda korxona ma'muriyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari» mavzusida maxsus-taktik o‘quvi o‘tkazildi.
O‘quvda Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari, «O‘rta Chirchiq GES Kaskadi» unitar korxonasi, Toshkent viloyati va Bo‘stonliq tumani FVB hamda Bo‘stonliq tumani IIO xodimlari ishtirok etdi.
Rejaga asosan harbiy qism ofitserlar tarkibi bilan hafta davomida alohida va birgalikdagi qo‘mondonlik-shtab tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Jangovar harakatlar o‘yin xaritasi chizilib, mashg‘ulotda foydalanish uchun tayyorlandi. Maxsus-taktik o‘quv ikki bosqichda amalga oshirildi.
Mashg‘ulot g‘oyasiga ko‘ra, shartli dushman jangarilari yengil avtomobilda Toshkent—Sijjak yo‘lidagi Chirchiq daryosida joylashgan ko‘prikka qurolli hujum uyushtirdi. Hujum ko‘prikni qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan qaytarilib, shartli dushmanga talofat yetkaziladi.
Mashq davomida rejalashtirilgan barcha o‘quv savollar amalda bajarildi. Harbiy xizmatchilar kerakli ko‘nikma hosil qildi. Bo‘linma komandirlari jang mobaynida bo‘ysunuvchilarni boshqarish ko‘nikmalarini takomillashtirdi.
Mavzuga oid
17:54 / 31.08.2024
Markaziy harbiy okrugda zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash yo‘lga qo‘yildi
21:42 / 20.08.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi «Belgorod», «Bryansk» va «Kursk» qo‘shin guruhlarini tashkil etdi
14:19 / 04.06.2024
O‘zbekistonlik merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
17:25 / 28.05.2024