Huawei amerikalik bo‘lgan barcha hamkorlarini o‘z yurtlariga jo‘natib yubordi
Xitoyning Huawei kompaniyasi barcha xodimlariga AQShlik hamkorlari bilan yig‘ilishlar o‘tkazishni to‘xtatishni buyurdi va amerikaliklarni o‘z yurtlariga jo‘natib yubordi, deb yozadi Financial Times gazetasi.
Kompaniya strategiyasining bosh ishlab chiqaruvchisi Dan Ven Shuanning aytishicha, Huawei shtab-kvartiralarida tadqiqot va ishlab chiqarish sohasida ishlaydigan barcha amerikalik fuqarolar ikki hafta avval AQShga qaytarib yuborilgan. Kompaniya AQSh qora ro‘yxatiga kiritilgani haqida xabar olinishi bilan barcha amerikaliklardan darhol o‘z kompyuterlarini olib Huawei binosini tark etish so‘ralgan.
Huawei qora ro‘yxatga kiritilgani bois AQShda da'vo arizasi kiritgan. Kompaniya Amerika hukumati konstitutsiyaga zid ish qilayotganini isbotlamoqchi.
May oyi o‘rtalarida AQSh savdo vazirligi Huawei kompaniyasini “AQSh milliy xavfsizligiga qarshi faoliyati” uchun qora ro‘yxatga kiritgandi.
Mavzuga oid
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
21:19 / 01.10.2024
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
20:41 / 01.10.2024
AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter 100 yoshga to‘ldi
09:50 / 01.10.2024