Tramp Zelenskiyni Vashingtonga taklif qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampdan rasmiy tashrif bilan Vashingtonga kelish to‘g‘risida taklif oldi. Bu ma'lumotni Ukraina prezidenti ma'muriyati tasdiqladi.
"Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtonga rasmiy tashrif buyurish haqidagi taklifi uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirdi", - deyiladi Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq "Zerkalo nedeli" nashri o‘z manbalariga tayanib Tramp va Zelenskiy uchrashuvi chog‘ida "Donbassdagi nizoni hal qilish hamda biznes loyihalar to‘g‘risida muloqot bo‘lib o‘tishi" haqida yozgandi.
Nashrning ma'lumot berishicha, Zelenskiy Trampdan taklifnomani 31 may kuni olgan.
Mavzuga oid
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
12:12 / 09.05.2024
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
21:24 / 02.10.2023