Andijonda 46 tonna ko‘mirni o‘g‘rincha sotayotgan ombor ishchilari ushlandi
26 may kuni Andijon IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash Boshqarmasi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi ombordan ijtimoiy sohalarga va aholi ehtiyoji uchun ajratilgan jami qiymati 12. 650.820 so‘m bo‘lgan 46. 340 kg ko‘mir mahsulotini ombor mas'ullari o‘g‘rincha sotayotgan paytda qo‘lga tushgan.
Ko‘mir omborida ishlovchi I.O va I.R lar o‘zaro til biriktirib, o‘zlashtirish yo‘li bilan fuqaro Sh.Mga ko‘mirni bir kilogrammini 400 so‘mdan kelishib, jami 18 mln. 536 ming so‘mga sotib yuborayotganida IIV Transportda XTBB va Andijon IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash Boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:55 / 10.07.2024
O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarish yiliga 8 mln tonnaga oshiriladi
19:24 / 10.06.2024
Qish uchun 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasi yaratiladi
07:59 / 17.05.2024
O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 mln tonnadan ortiq ko‘mir import qilishi mumkin
21:07 / 10.05.2024