Jahon | 14:20 / 11.06.2019
31604
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat brend nomi ma'lum qilindi

Foto: AFP 2019 / Damien Meyer

Amerikaning Amazon onlayn-riteyleri dunyodagi eng qimmat yuz brend reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Reyting Britaniyaning WPP va Kantar Millward Brown kompaniyalari tomonidan tuzildi.

Amazon brendi narxi bir yil ichida 52%ga, 315,505 milliard dollargacha o‘sdi.   

Apple qiymatini 3%ga oshirib (309,527 milliard dollar) reytingdagi ikkinchi o‘rnini saqlab qoldi. 

Google uch yil ichida ilk bor uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Reytingda keyingi o‘rinlarda Microsoft va Visa joylashgan.

Xitoyning Alibaba brendi Tencent telekommunikatsiya korporatsiyasini quvib o‘tdi va eng qimmat Xitoy brendiga aylandi.  

Reyting 3,7 milliondan ortiq iste'molchining 160 mingta brendga nisbatan munosabatlari asosida tuzildi.

Mavzuga oid