Nishon shifoxonasidagi manzara: Aslida nima bo‘lgandi?
Shu kunlarda internetda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani markaziy shifoxonasining tug‘ruqqacha bo‘lgan davolanish bo‘limidagi holat tasvirlari tarqaldi. Xabarda palatalarga 8-9 nafardan ayol joylashtirilgani, ayrim ayollar koridorda, talabga javob bermaydigan joyda yotgani aytilgandi.
«Internet tarmog‘ida joylashtirilgan fotosuratlardagi holat yuzasidan bo‘lim mas'ul xodimlaridan tushuntirish xati olinganida bemorlarni bo‘limdagi o‘rinlariga joylashtirilganga qadar o‘zlari va qarindoshlari yerga joy to‘shab yotib olgani ta'kidlandi.
Shunga qaramay, bo‘limda nazoratni susaytirgani uchun tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha boshliq o‘rinbosari M.Halilova hamda Tug‘ruq kompleksi mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi N.Sazanboyeva o‘z vazifalaridan ozod etildi», - deydi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Tug‘ruq kompleksi homiladorlar patalogiyasi bo‘limi vrachi B.Esanovaga nisbatan intizomiy jazo sifatida o‘rtacha ish haqidan 30 foiz miqdorida jarima jazosi qo‘llangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Nishon tumani aholisi 147 mingdan ziyod bo‘lib, shundan tug‘ish yoshidagi ayollar 40 ming nafardan oshadi. 2019 yilning 11 iyun kuni homiladorlik patalogiya bo‘limidagi 20ta o‘ringa 29 nafar bemor yotqizilgan, ularning 6 nafari ginekologiya va 3 nafari tug‘ruq bo‘limiga joylashtirilgan.
Aytilganidek, o‘ringa nisbatan bemorlar soni ko‘p bo‘lib ketganmidi?
«O‘sha kuni nima bo‘lganini tushuna olmay qoldik. Biz palatada edik, so‘ngra ayollarning «bemorlar ko‘payib ketdi, yerga joy solib berishayotganmish», degan gaplarini eshitib, koridorga chiqdik. Haqiqatan ham to‘rt-besh ayol yerda, stollar ustida yotardi. Keyin ularni ham xonalarga joylashtirishdi. Hozir ko‘rib turibmiz, kirib-chiqib yurishibdi, salomatliklari yaxshi. Gohida shunday odam ko‘p bo‘lib ketadi. Olis qishloqlardan keluvchilar soni ko‘p-da...», deydi bemorlardan biri.
Aslida, tumanda tug‘adigan va tug‘ruqqacha bo‘lgan ayollarni davolash uchun 98ta tug‘ruq o‘rinlaridan 8tasi Tolimarjon shifoxonasida, 90tasi tuman markaziy shifoxonasiga ajratilgan (40tasi tug‘ruq bo‘limi, 30tasi ginekologiya bo‘limi va 20tasi homiladorlik patalogiya bo‘limidir). Demak, tumanda Onalik va bolalik salomatligini asrash, ularni muntazam ravishda tibbiy tekshirib turish, zarur holatlarda sifatli xizmat ko‘rsatish uchun salohiyat yetarli, o‘z kasbining chin mutaxassislari ham xizmat qilmoqda. Umid qilib qolamizki, bunday holatlar nafaqat Qashqadaryoda, balki O‘zbekistonning biror bir hududida kuzatilmaydi. Chunki endi jahon O‘zbekistonni o‘zgacha qiyofada ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
18:04 / 06.11.2024
Taxtiqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
18:06 / 17.10.2024
Qashqadaryoda sudya yordamchisi o‘zini ishdan bo‘shatgan sud raisi ustidan shu sudga da’vo kiritdi
09:45 / 10.09.2024
Jizzaxda uch aka-uka shifoxonada bezorilik qildi
12:46 / 09.08.2024