AQSh tankerlarga hujumlardan keyin Ummon ko‘rfaziga raketa esminetsi yubormoqda
AQSh neft tankerlariga hujumlar sodir etilishi ortida Ummon ko‘rfaziga raketa esminetsini yubormoqda. Bu haqda AQSh markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma'lum qilgan.
“AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Mason (DDG 87) kemasi voqea joyiga yordam ko‘rsatish uchun yuborilmoqda”, deyilgan xabarda.
13 iyunda Eron va arab OAVlari Ummon ko‘rfazida Front Altair va Kokuka Courageous neft tankerlariga hujum sodir etilganini ma'lum qilgan.
Qo‘mondonlikda Kokuka Courageous tankeridan 21 dengizchi AQShning boshqa esminetsi – Bainbridge bortida ekanligi ma'lum qilingan.
“Biz AQShning Bainbridge kemasi harakatlariga hech bir aralashuvga chidab turmaymiz”, deb ta'kidlab o‘tilgan CENTCOM’da.
Shuningdek, AQSh markaziy qo‘mondonligida Vashington Yaqin Sharqdagi yangi ixtilofda ishtirok etishdan manfaatdor emasligi ta'kidlab o‘tilgan.
“Biz manfaatlarimizni himoya qilamiz, biroq Eron bilan urush bizning strategik manfaatlarimizga va xalqaro hamjamiyat manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi”, deb aytilgan CENTCOM’da.
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, tankerlarga torpedolar bilan hujum qilingan, buning oqibatida ularda portlashlar va yong‘in yuz bergan. Biroq buning rasmiy tasdig‘i yo‘q.
Front Altair ekipaji Eronga evakuatsiya qilingan. Tankerlar egalaridan birining ta'kidlashicha, Front Altair’da 11 rossiyalik bo‘lgan, ulardan hech kim jabrlanmagan.
Mason (DDG 87) kemasi Arleigh Burke sinfidagi esminets bo‘lib, boshqariluvchi raketalar, jumladan Tomahawk’lar bilan qurollangan.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024